avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri

Арбоблар
Жамият
                                                  Insho:
             Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri
                                   Reja:
1. Xotiraning mangu chirog’i
2. Mening bobom-qahramon.
3. Mehr va ehtiromga loyiq insonlar
                      Yo’q,sen o’zing gulsan, vataning chaman,
                      Ulg’ay asl zoting unutma sira.
                       Balki qadr bilmas aslida –Vatan,
                      Vatanning ma’nosi-boqiy xotira…
   “Men sen uchun tirildim, sening uchun yashrman,sening uchun o’lurman,Vatan!”-degan edi buyuk mutafakkir Abdurauf Fitrat.
Bu fonir dunyoda har bir narsa xuddi mashhur qo’shiqda aytilganidek kecharkan.Ya’ni, “…umr ham o’tarkan, vaqt ham,xonlar o’tar, taxt ham…” Qo’yingchi, omad ham… Faqat xotiralargina abadiy yashab qolaverar ekan, xolos. Chunki biz xotira deb nomlaydigan bu tushuncha aslida tabiat insonga in’om etgan buyuk bir ne’mat bo’lib, olam paydo bo’libdiki, o’tmish va kelajak o’rtasidagi ko’prik, agar ta’bir joiz bo’lsa, “oltin ko’prik” vazifasini o’tab keladi. Chunonchi, ana shu oltin ko’prik sabab yaqin va yiroq o’tmish bilan ko’rishish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Shu ko’prik bizni ulug’ ajdodlarimiz-u, mashhuri olam bobokalonlarimiz bilan yaqinlashtiradi.
    Inson qilgan ishlari  xotirasi bilan azizdir. Ne baxtki, bizning yurtimizda inson xotirasi azal-azaldan muqaddas sanaladi.Shaharlar,qishloqlar,institutlar-u maktablar,testrlar-u xiyobonlar el hurmatiga sazovor bo’lgan insonlar nomi bilan ataladi.Buni esa “xotiralarga muhrlangan umr” ham deydilar.
Prezidentimiz 2015-yilni “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qildilar.Men bu yilning nomlanishini eshitboq yuragimda iliq bir tuyg’u his qildim.Rostdan oila davrasida,dasturxon boshida mening buvijonim o’tirmasalar,xuddi kemtik joyimiz ochilib qolgandek bo’ladi,uyimiz esa hovullab qoladi.Axir, keksalarimizga dasturxonimizning to’ri yarashadi.Shunday dorilomon zamonda yashayotgan ekanmiz, keksalarimiz mustaqillik mevalarida bahramand bo’layotgan bu davrda, ularga kiyimlarning zo’ri yarashadi.Buvijonimning yuzlariga termulib boqaman, u kishining yuzlaridagi ajin ham yarashadi go’yo.
 Bobom,Sulaymonov Akram, 1946-yil tug’ilganlar.2014-yil 68 yoshlarida dunyodan o’tganlar.
 Buvijonim,Shukurova Zamira, 30 yillik oq’ituvchilik faoliyatiga ega.Ukishi boshlang’ish sinf o’qituvchisi bo’lib ishlaganlar.Qanchadan qancha bolalarning qalbiga ezgulik urug’ini ekkanlar. Ularning oppoq qog’ozdek shuuriga “vatanni sevish” ni o’rgatganlar.
 U kishining pedagogik faoliaylari davomida ko’plab yutuqlarni qo’lga kiritganlar,shogirdlarining son-sanog’i yo’q.Chunki buvijonim o’qituvchi, murabbiylik  oilasida tarbiyalanganlar. Buvimning otalari kata bobom Juma Shukurov ona tili va adabiyot oq’ituvchisi bo’lganlar.Katta bobom-Juma Shukurov  “Mehnat qaharmoni” unvoniga sazovor bo’lganlar. Ikkinchi jahon urushida Rossiya o’lkalarida shiddatli janglarda qon kechib, jang qilganlar.Urushdan qaytib kelgandan keyin ham tinch, osuda zamonlarda bir necha yil o’qituvchilik qilib, mamlakatimizning bir qancha orden va medallari bilan taqdirlanganlar. To’qqizta farzandni tarbiyalab voyaga yetkazganlar.Ulardan  4 nafari o’qituvchi.
   Mening buvijonim 1952-yilda tug’ilganlar.U kishining mo’tabar, nuroniyligi juda ko’p narsalarni bilishlari, donoliklari yuzlaridan bilinib turadi.U kishining mahllada, xalq ta’limida mehnatlari ko’p singan.Buvim haqida ijodiy ish yozar ekanman, quyidagi misralar xayolimda tug’yon ura boshlaydi:
            Davlatmand keksalik sizga yor bo’lsin,
            Bobom ruhi doim madadkor bo’lsin.
            Sog’ligingiz bebaho xazina erur,
            Xalqimiz, yurtimiz doim boy bo’lsin.
                      Ma’yuslik, yushkunlik umr kamoli,
                      Quvonchli yuraklar umr kamoli.
                      Saodatli yillarda dovonlar oshing,
                      Keksalik damlarda baxtiyor yashang.
Men bobom, buvim,avlod-u ajdodlarim  bilan hamisha faxrlanaman.Ular men uchun buyuklik timsoli,ular halol odamlar,ilmi baland, yuzlaridan nur yog’iladigan insonlar. Ular mahallamizning, bizning faxrimiz.
  Garchi ulardan faqat buvijonim tiriklar, u kishi jon-u dilim.Oqimishli, oliy toifali, qalbim gavhari-buvijonim bilan hamisha faxrlanaman.
    “A” dan aql yaratgan,
   “B” dan bo’ston yaratgan.
    “V” dan Vatanni
    Tushuntirib berolgan-
    Zo’r olima buvijonim bor…